Oqıtıwshılarǵa

Oqıtıwshılarǵa “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”

MASOFAVIY TA’LIM VA UNING MODELLARI
TO’G’RISIDA.
Nima uchun masofaviy ta’lim kerak bo’lib qoldi?
Muallif: Toshmatov Muhitdin Toshpo’latovich, Marhamat tumani, 3-IDUMI, Informatika va axbotot texnologiyalari fan o’qituvchisi.

Hozirgi kunda masofaviy ta’lim o’zining umumlashgan konstruksiyasi, tashkiliy sxemasi va pedagogik shart-sharoitlariga ko’ra ma’lum modellarga ajratiladi.
Masofaviy ta’limni joriy qilishda uning modelini belgilab olish strategic rejalashtirish nuqtai nazardan muhim bo’lib, masofadan o’qitishning o’quv, o’quv-uslubiy, o’quv-meyoriy va didaktik materiallarni tayorlash tayorlash, ularni optimallashtirish va tizimga solish hamda dizaynini qilish, shuningdek masofaviy ta’lim jarayonini tashkil qilish ishlari tanlangan modelni hisobga olib amalga oshiriladi.
Masofadan o’qitish modellari ustida fikr yuritish va o’quvchilarni hamda o’qituvchilarni masifadan malaka oshirishlarida masofadan o’qitishning modeliga asoslanishni kerakligin taklif qilishdan avval mazkur vazifalar ustida to’xtalib, qilinadigon ishlarni belgilab olish kerak.
O’quv fani o’qituvchilariga matematika, informatika, fizika, kimyo, biyologiya, geografiya, iqtisodiy bilim asoslari, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili va boshlangich ta’lim yo’nalishida fanlarni o’qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi o’rgatiladi.
Masofaviy o’qitish – eng yaxshi tezkor, an’anaviy va innavasiyon metoddir.DTS ta’labalrini o’z ichiga olgan ta’lim singari bu jarayon axborot va telekommunikasiya texnologiyalariga asoslangan bo’lib yangi ta’lim metodir.
Masofaviy o’qish-o’quvchiga ma’lum standarrtlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o’quv shart-sharoitlarini va o’qituvcchi bilan muloqatni taminlab berib, o’quvchidan ko’proq mustaqil ravishda shug’ullanishni talab qiluvchi metoddir.
Masofaviy ta’lim-masofadan turib axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va qayta uzatish vositalariga asoslangan holda, o’qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, o’quvchilarga vabir qator chet mamlakatlarning ta’lim oluvchilariga xizmat ko’rsatuvchi ta’limdir.
Masofaviy o’qitish tizimi- masofaviy o’qitish shartlari barcha ta’lim tizimlari singari o’zining maqsadi, mazmuni, usullari kabi shakillarga ega bo’lib, axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va qayta uzatish vositalariga asoslangan holda tashkil etiladigan tizimdir.
Nima uchun masofaviy ta’lim kerak bo’lib qoldi?-degan savol tug’ilishi tabiiy. Bu savolga javob berish uchun quyidagilarni sanab o’tish mumkin.
– Ta’lim olish uchun yangi imkoniyatlar yaratilganligi, vaqt, joy talamasligi, arzonligi.
– Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi.
– Sifatli axborot texnologiyalarini paydo bo’lishi va rivojlanishi.
– Inson qo’l mehnatini yengillashtirishi, vaqtni tejashi va ko’proq bilim olishga imkoniyatlar yaratilishi.
– Butun dunyo xalqlarini masofaviy ta’limga qiziqishi va integrasiyaning kuchayishi.
Hozirgi kunda bir qator mamlakatlar masofaviy ta’lim amaliyotida qo’llanilayotgan masofaviy ta’limning quyidagi ikki modelni qisqacha tahlil va izohini qilib, shuningdek maqolaning yuqorida keltirilgan g’oyalarni hisobga olib, Respublikamizda joriy qilinayotgan o’quvchilarni masofadan qayta tayyorlash va malakasini oshirishda masofadan o’qitishning modellarini ko’rib chiqamiz.
1. O’qitishning kunduzgi-sinf-dars va masofaviy shakillarning integratsiyaga almashgan modeli.
Bunda yagona o’quv jarayonining bir qismi sinf-dars shaklida, qolgan boshqa qismi masofaviy shakilda o’tkaziladi.
2. Kompyuter aloqa tarmog’ida o’qitishga asoslangan model.
Bu model 3 usulda amalga oshiriladi.
1-usulda o’qituvchi va o’quvchilarga tematik rejalar, qo’shimcha materiallar, turli xil web-sahifalar, testlar va h.k ta’lim muassasasining yani o’sha maktab yoki viloyat ta’lim boshqarmasi saytida joylashtiriladi. O’qituvchi bilan o’quvchi o’zaro bog’lanmaydi alohida avtonom holda bilim olinadi.
2-usulda ta’lim muassasasining portalida joylashtiriladi va axborot-ta’lim muhiti deb yuritiladi.
Ta’lim oluvchi uchun kerak bo’ladigan barcha materiallar nazorat materiallar joylashtiriladi. O’quvchilarni nazorat qilish va bilimlarni baholash imkonyati yo’lga qo’yiladi.
Bir qator chet mamlakatlarning “Ochiq universitetlar”ida masofaviy ta’lim aynan shu usulda olib borilmoqda.
3-usul web-texnologiyaga asoslangan bo’lib disklarga yozilgan yoki videotasmalarga tushirilgan videomateriallar, slayd-ma’ruzalar, videokliplar va boshqa ma’ruzalar keng o’rin oladi.
Masofaviy ta’lim jarayonini boshqarish va nazorat qilish asosan internet-texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Birlamchi model. Barcha o’qitish masofadan amalga oshiriladi. Dars jadvali va vaqt jadvaliga qaralmaydi. Talaba va o’quvchi o’qituvchidan maslahat oladi yoki yakuniy imtihon topshiradi. Bunday o’qitish yuqorida aytib o’tganimizdek “Ochiq universitetlar”da, masalan, Buyuk Britaniyaning Ochiq universitrti (United Kingdom Open University – http://www. open.ac.uk) da tashkil etilgan.
Ikkilamchi model. Bir oliygohning o’zida ikkilangan ta’lim kunduzgi va qisman masofali ta’lim asosida o’qitiladi. Bunday oligohlarda masofali o’qishlarhar doim ham foyda keltirmaydi, bazan u qisman kunduzgi talabalarni o’qitish hisobidan amakga oshiriladi. Bunday hollarda asosiy ta’limni tajribaga, pedagogika va uslubiy innovasiyalar tadqiqotiga va boshqalarga beriladi.Masofali o’qitishning bunday modeli Avstraliyaning Angliya universiteti ( University of New England, Australia – http://www.une.edu.au) da tashkil etilgan.

Aralash modell. Bu modelda o’quvchilar, talabalar darslarni DTS talablariga asosan bilim oladilar va darslardagi mavzularni parallel ravishda masofadan o’qiydilar.
Integrallashgan bunday darslar Yangi Zelandiyadagi Massey oligohida (Massey University, New Zealand http://www.massey.ac.nz ) ташкил этилган.
Konsopsium modeli. Bunday model ikki va undan ortiq oligohlarni birlashmasidan iborat. Bunda ular o’quv materiallari bilan almashadilar, vazifalarni bo’lashib oladilar. Bir oligoh o’quv materiallari bilan shug’illansa, boshqasi o’quv guruhlarni o’qituvchilar bilan ta’minlaydi, natijada masofadan turib o’qitishni amalga oshiradi. Kanadadagi Ochiq o’quv Agentligi (Open Learning Agensu, Canada – http://www.ola.bc.ca) konsopsium modeliga misol bo’lishi mumkin.
Franchayzing modeli. Masofali o’qitishning bu usulida hamkor oligohlar qatnashadi. Ilg’or oligoh yangi masofali o’qitishni endi yo’lga qo’ygan boshqa oligohni hamkorlikka chaqiradi.
Qiziq tomoni shundaki ilg’or oligoh talabasi boshqa hamkor oligohning masofali o’qish talimiga asosan o’qib uning diplomini olishi mumkin.
Misol sifatida Buyuk Britaniyaning Ochiq oligohi qoshidagi Biznes Maktabi (Open University Business School, Great Britain) va uning Sharqiy Evropadagi oligohlari bilan aloqasini olish mumkin.
Validasiya modeli. Masofali o’qitishning juda keng tarqalgan modeli bo’lib ta’lim muassasalari masofali o’qitish bo’yicha xizmatlarini barcha hamkorlari teng darajada bajarishlari haqida kelishib imzolab oladilar, rasman tan olinadigan diplom va sertifikatlarni beradi, ilmiy darajalar beradi va hakazo.
Uzoqlashtirilgan auditoriyalar modeli. Bunda bir o’qituvchi bir vaqtni o’zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi.
Bunga misol qilib AQSH ning Viskonsiya oligohi (Wisconsin
University, USA) da, shuningdek, Xitoyning markaziy radio va televedenie olgohi (China Central Radio and TV University) da masofali o’qitish tashkil etilgan.
Лойиҳалар modeli. Davlat ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida keng qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun mo’ljallangan masofali o’qitish modelidan iborat.
Misol sifatida rivojlanayotgan davlatlarda turli xalqaro tashkilotlar o’tkazgan qishloq xo’jaligi, agrotexnikaning usullari, ekologiya bo’yicha va shu kabi masofali o’qitish kurslarinin olish mumkin.
Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqoridagi sharoit va imkoniyatlar masofaviy o’qitishga va uni rivojlanishiga olib keldi.
Masofaviy o’qitishning ta’lim tizimida bir qancha shartlar paydo bo’ladi.
– geografik shartlar, mamlakat territoriyasi, markazdan uzoqlikda joylashuvi, iqlimi;
– mamlakatning axboratlashuvi va kompyuterlashtirish umumiy darajasi;
– kommunikasiya va transport vositalarining rivojlanish darajasi;
– ta’lim jarayonida axborotni qabul qilish va qayta ishlash, qyta jo’natish va telekommunikasiya vositalarining qo’llanish darajasi;
– ta’limda qo’llaniladigan an’analar;
– masofaviy o’qitish tizimi uchun ilmiy pedagog kadrlar mavjudligi va ularning salohiyati;
Umuman olganda masofaviy ta’limning maqsadiga quyidagilar kiradi:
– Mamlakat miqyosida barcha hududlardagi o’quvchilarga va chet eldagi barcha o’quvchilarga birdek ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish.
– Etakchi universitetlar, akademiyalar, institutlar, tayorlov markazlari, malaka oshirish institutlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy va ta’lim berish potensiallaridan foydalanish evaziga ta’lim berishning sifat darajasini oshirish.
– Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda qo’shimcha ta’lim olish imkoniyatlarini yaratib berish.
– Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishiga bo’lgan ehtiyojini qondirish va ta’lim muhitini kengaytirish.
– Uziliksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish.
– Ta’lim sifatini saqlagan holda yangi prinsipal ta’lim darajasini ta’minlash.
Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, masofaviy ta’lim elementlarini ta’lim muassasalariga joriy etilishi har tomonlama foyda keltiradi. O’rta ta’lim tizimida bu kompleksni joriy qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

Muallif: Toshmatov Muhitdin Toshpo’latovich, Marhamat tumani, 3-IDUMI, Informatika va axbotot texnologiyalari fan o’qituvchisi.
——————————————————————————————————-

Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 3-sonli ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining oliy toifali fizika fani o’qituvchisi Sulaymonova Zaynabxon O’rinboyevna

Fizika fanini o’qitishda samaradorlikni oshirish uchun o’quvchi fanni puxta o’zlashtirishi lozim.
O’quvchiga beriladigan bilim o’quvchi yoshiga, bilim saviyasiga mos bo’lishi kerak.
Fizika fani 6-sinfdan boshlab o’rgatiladi. Bu darslikda bosim mavzusini o’rgatishda yuza birliklari orasidagi munosabatni o’rganish o’quvchilarda ancha qiyin kechadi. Zichlik mavzusida hajm birliklari m3 dan sm3 ga, sm3 dan m3 ga litr birligini m3 birligiga o’tishda qiyinchilik seziladi. Bu mavzularni o’qitishda men o’quvchilar bilan matematika fanidan karrali va ulushli birliklarni hosil qilish uchun ishlatiladigan ko’paytuvchi va old qo’shimchalar jadvalini o’rgatishdan boshlayman. O’quvchilarni darsdan keyingi bo’sh vaqtlaridan foydalanaman.
6-sinf o’quvchilari bu mavzularni o’zlashtirishlari uchun ularning bo’sh vaqtlarida ko’p masalalar yechishga to’g’ri kelmoqda. Darslikdagi masalalar oz berilgan.
O’quvchilarni fizika fanining keyingi bosqichlarida samarali bilim olishi uchun bu mavzularning ahamiyati juda katta. 6-sinf darsligida masalalarni ko’paytirish kerak. 6-sinf fizika darsligida gidrostatik bosim
p= ρgh
suyuqlik bosimi haqida bilim beriladi. Lekin suyuqlikning idishini yon tomonlarga beriladigan bosimi haqida gapirilmaydi.
Men shu mavzuda o’quvchilarga suyuqlik quyilgan idish tubidagi yuzasidan tashqari yon tomonida ham ikkita sirtlar borligini aytib, bu sirtlarga suyuqlik bosimi p = ρgh ni ikkiga bo’linganda teng deb tushuntiraman.

Nima uchun 2 ga bo’lib olamiz, degan savol tug’iladi. Bu savolga javobni keyingi mavzularda olamiz deb javob beraman. Bu savolga § 28-mavzuda “Jismlarning massa markazi” mavzusini o’tganda dars oxirida izohlab o’taman. Parallelogrammning massa markazi uning geometrik markazi bilan mos tushishini, shuning uchun ikkiga bo’lganimizni tushuntirib o’taman. Minzurkaning shakli ham parallelogrammning shakliga o’xshashdir.
6- sinf darsligida 19-mavzu: “Dinomometr yordamida kuchlarni o’lchash” mavzusida ishqalanish kuchini o’lchashga doir tajribada kuchlarni yozib, ularni belgilanmagan (maktab darsligi kitobidagi 25-rasm). F – tortishish kuchi,
F-ishqalanish kuchini belgilab ko’rsatilsa yaxshi bo’lar edi. Bu ishqalanish kuchini paydo bo’lish sabablari haqida va bu kuchni qayerda hosil bo’lishi haqida o’quvchida hali tassavur to’liq emas. Bu kuchning kattaligi qanday kattaliklarga bog’liqligi haqida ham o’quvchi bilimga ega emas. Shu labaratoriya ishida elastiklik kuchi kattaligini dinomometr ko’rsatishidan olamiz deb tushuntirsak, o’quvchida elastiklik kuchi va ishqalanish kuchi bir xil tushunchalar degan savol tug’ilib qoladi. Bu labaratoriya ishini bajarishdan oldin o’quvchilarga bu kuchlar haqida ma’lumot berilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
7-sinfda o’quvchilarga “Kinematika”, “Dinamika”, “Statika” haqida bilim ko’nikma va malakalar beriladi. Kinematika bo’limida “Vektor va Skalal kattaliklar ustida amallar” mavzusi o’tilayotganda, vektorlarni qo’shish va ayrishni 2 xil usuli mavjud bo’lib, ular uchburchak usulida va parallelogramm usulida ayriladi va qo’shiladi. Bu qonunlarni tushuntirish uchun matematika fanidan “Pifogor teoremasi” ni bilishga to’g’ri keladi. Bu teorema 8-sinf matematikasida berilgan.
“Pifogor teoremasi” c2=a2+b2 ni tushuntirib bundan,

ifodani hosil qilib, konkulatorni “ ” tugmachasidan foydalanishni tushuntirib o’taman.
7-sinf darsligida “Tekis tezlanuvchan harakatda bosib o’tgan yo’l” mavzusida

tenglamasi juda chiroyli qilib, chizmalar bilan tushuntirilgan. Notekis harakatda harakat vaqti noma’lum bo’lganda jismning bosib o’tgan yo’lini topish formulasi

ko’rsatib o’tilmagan. Harakat tenglamasidan foydalanib, harakatlanish vaqtini topish uchun kvadrat tenglamasida at2+ bt+c=0 ifodasi yechimini topishni
7-sinf o’quvchisi hali bilmaydi.
Bu fizik kattaliklar orasidagi bog’lanish o’quvchilar to’liq o’zlashtirishlariga to’sqinlik qiladi.7-sinfda vertikal yo’nalishda harakatni tushuntirishda ham yuqoridagi muammolarga duch kelinadi. Aylanma harakatni o’rgatishda bir o’qda joylashgan yoki bir tasmada joylashgan jismlarda burchak tezlik, chiziqli tezlik va aylanuvchi jismlar radiuslari orasidagi bog’lanishlar aniq ifodalanmagan.Butun olam tortishish qonunida ham
ifodasidan formulani keltirib chiqarishda “Kvadrat ildiz” mavzusi matematikadan o’tilmagan bo’ladi. Bu mavzuda ham o’quvchilar bilan konkulatordagi ” ” tugmachasidan foydalanishga to’g’ri keladi.
9-sinf darsligida “Ideal gaz molekulalar-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasini keltirib chiqarishda maktab kursi darsligida ham impul’sning saqlanish qonunidan foydalangan holda keltirib chiqarilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Temperaturaning molekulalar kinetik ma’nosini tushuntirishda energiyani suvning turli temperaturalariga mos qiymatlaridan foydalanish yozilmagan ”K” Bolsman doimiysini son qiymati yozib qo’yilgan. Bu son qiymati qayerdan kelib chiqishi yoritilmagan.
Qattiq jismlarning mexanik xossalari mavzusida ifodani Guk qonuni deb izohlagan. Shu ifodani yozib oldin 7-sinfda o’rgangan Guk qonuni Fel -K l ga tenglikni tushuntirib berish б , ni hisobga olsak, ga ega bo’lamiz. Bundan ga teng deb yozsak, bu yerda gat eng deb F=K l ifodani yozish mumkin. Kuch yo’nalishi l uzayishiga teskari yo’nalganligi Guk qonunidagi ifoda F=-k l bo’ladi deb yozilsa yaxshi bo’ladi.
9-sinfning 37-mavzu “ Yadro energiyasi haqida tushuncha” mavzusida Yadro energiyasinning bog’lanish energiyasini gapirib o’tilgan, lekin formulasi berilmagan. bu yerda deb,
ifodani yozib berilsa, o’quvchilar yadrodagi zarralarni birgalikdagi massasi ularni alohida – alohida holatidagi massasidan farq qilishini yaxshiroq tushunib yetadilar.
9-sinf darsligida “Quyosh sistemasi va Galaktika ” bobiga juda oz ma’lumotlar berilgan.Shu bobni yanada kengaytirish kerak.
Albatta yuqoridagi muommolar fizikani chuqur o’rganuvchi maktablar uchun N. Turdiyev tahriri ostida chiqarilgan kitoblarda keltirilgan. Ammo maktablar uchun foydalaniladigan kitoblarda ifoda etilmagan. Bunday muammolarni ko’p yillik mehnat faoliyatiga ega bo’lgan o’qituvchilar darslarda hal etib ketishi mumkin. Lekin yosh o’qiyuvchilarda yordam tariqasida yuqorida ayrim muammolar hisobga olinsa, fizika fanini o’qitilish samaradorligi yanada ortar edi.